Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Abituriyentlar testdan yetarli ball ololmagan taqdirda ham qo‘shimcha to‘lov (super-kontrakt) asosida talabalikka qabul qilinishi mumkin.

 

 

Kimlar uchun?

 

Davlat OTMlariga topshirib, qabul kvotasidan 4,05 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar super-kontrakt orqali o‘qishga kira oladi.

 

 

2024/2025-o’quv yilida qo‘shimcha to‘lov (super-kontrakt) miqdorlari ball yetishmovchiligiga qarab belgilangan edi:

 

  • 1,05 ballgacha yetmaganlar – kontrakt narxining 1,5 barobari

 

  • 1,06 – 2,05 ballgacha – 2 barobar

 

  • 2,06 – 3,05 ballgacha – 2,5 barobar

 

  • 3,06 – 4,05 ballgacha – 3 barobar

 

Ammo bu yil uchun hali super-kontrakt miqdorlari e’lon qilingani yo’q.

 

 

 

O’tgan yildagi super-kontrakt uchun shartlar quyidagilardan iborat edi:

 

  • Super-kontrakt faqat birinchi yil uchun amal qiladi. Keyingi yillarda oddiy (bazaviy) kontrakt to‘lanadi.

 

  • To‘lovni yil davomida 2 qismga yoki oyma-oy qilib to‘lash mumkin. Bunda birinchi qism, 50 foiz to’lov to’lashlari talab qilinadi. Qolgan qismi o’qish pulini 4 ga bo’lib to’lash uchun belgilangan muddatlar, 1-yanvar, 1-mart va 1-maygacha qadar bo’lib to’lashlari mumkin.

 

  • Kamida 50 foiz to‘lov qilganlar talabalikka qabul qilinadi.

 

  • To‘liq (100 foiz) to‘lovni 15-oktabrgacha amalga oshirganlarga 10% chegirma beriladi.

 

 

Qanday topshiriladi?

 

Bunda natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy ichida oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza berish talab etiladi. Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliygoh rektori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

 

 

Qo‘shimcha imkoniyat:

 

Agar abituriyent 1-yo‘nalishga kira olmasa-yu, 2–5-yo‘nalishlardan biriga qabul qilinsa, o‘z xohishiga ko‘ra 1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

 

 

Agar hech qaysi yo‘nalishga kira olmagan bo‘lsa, u holda tanlagan 5 ta yo‘nalishdan istalgan birida super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bor.