Poytaxtda qaysi universitetlar talabalari eng koʻp jinoyat sodir etgani maʼlum qilindi

Poytaxtda qaysi universitetlar talabalari eng koʻp jinoyat sodir etgani maʼlum qilindi

29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish oʻtkazildi.

 

Yig‘ilishda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 335 tani tashkil qilgan. Eng ko‘p holatlar davlat oliy o‘quv yurtlarida (179 ta) va nodavlat oliygohlarda (140 ta) qayd etilgan. Jinoyatlarning asosiy qismini firibgarlik (72 ta), o‘g‘rilik (57 ta), tan jarohati yetkazish (46 ta) va bosqinchilik (41 ta) tashkil etgan.

 

Shuningdek, talabalari eng koʻp jinoyat sodir etayotgan poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari nomlari ham ma’lum boʻldi. Davlat OTMlari kesimida:

 

1-oʻrin: Toshkent davlat transport universiteti — 27 nafar.

2-oʻrin: Toshkent davlat texnika universiteti — 21 nafar.

3-oʻrin: Oʻzbekiston Milliy universiteti — 20 nafar.

4-oʻrin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 19 nafar.

5-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universiteti — 12 nafar.

Poytaxtda qaysi universitetlar talabalari eng koʻp jinoyat sodir etgani maʼlum qilindi