25-fevral kuni respublikaning barcha hududlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazildi.
Unda 27 ta fan yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari sinovlarda qatnashgan.
Dastlabki umumiy natijalarga koʻra:
100 ball olganlar — 17 nafarni;
90-97,5 ball olganlar — 251 nafarni;
80-87,5 ball olganlar — 720 nafarni tashkil etadi.
Birinchi bosqich imtihoniga kirgan pedagoglardan 988 nafarni (80 va undan yuqori ball olgan) tashkil etadi.
