OpenAI’ning o‘smirlar uchun ChatGPT’da joriy etgan xavfsizlik mexanizmlari kutilgan natijani bermayapti — tadqiqot

OpenAI’ning o‘smirlar uchun ChatGPT’da joriy etgan xavfsizlik mexanizmlari kutilgan natijani bermayapti — tadqiqot

OpenAI kompaniyasi o‘smirlar uchun ChatGPT xizmatini xavfsizroq qilishga qaratilgan choralarni joriy etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq yangi tadqiqotga ko‘ra, muhim xavfsizlik funksiyalari kutilganidek ishlamayapti.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI tomonidan o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan ChatGPT xizmati sun’iy intellekt chatbotidan me’yorida foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq yangi tadqiqot uning muhim xavfsizlik mexanizmlari yetarli darajada samarali emasligini ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yirik sun’iy intellekt kompaniyasi avgust oyida o‘smirlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bir qator himoya choralarini joriy etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ular orasida chatbotga hissiy qaramlikning oldini olish hamda muammoli foydalanish holatlarida ota-onalarni xabardor qilish funksiyalari bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Joriy yil 7-oktyabr kuni OpenAI o‘smirlarning ChatGPT’dan foydalanish vaqti o‘rtacha hisobda nisbatan qisqa ekanini va undan asosan ta’lim maqsadlarida foydalanilishini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Biroq shu kuni notijorat tashkilot “Common Sense Media” e’lon qilgan tadqiqotda ChatGPT o‘smirlar uchun hamon “qabul qilib bo‘lmaydigan xavf” tug‘dirishi aytildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, o‘ziga zarar yetkazish haqidagi suhbatlar yuzasidan ota-onalarni xabardor qilish kabi xavfsizlik funksiyalari ko‘pincha ishlamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI joriy yil yozida “ChatGPT for Teens” xizmatini taqdim etganida, 13–17 yoshdagi foydalanuvchilar uchun me’yorida foydalanishga yordam beruvchi funksiyalar va ota-onalarga mo‘ljallangan qo‘shimcha nazorat vositalari avtomatik ravishda yoqilishini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu funksiyalar o‘smirlarning chatbot bilan romantik mazmundagi yoki hissiy qaramlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa suhbatlarga kirishishining oldini olishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shuningdek, chatbot o‘zini ongga ega mavjudot sifatida ko‘rsatmasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘smirlar “nozik” deb hisoblangan tasvirlarni ulashganida esa tegishli ogohlantirishlar oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Agar ota-onalar o‘z akkauntlarini farzandlarining ChatGPT akkauntiga bog‘lagan bo‘lsa, ular o‘ziga zarar yetkazish yoki ovqatlanish xulq-atvoridagi buzilishlar muhokama qilingan suhbatlar haqida bildirishnomalar olishlari ham ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu funksiyalar joriy etilganidan so‘ng o‘smirlarning ChatGPT’dan ta’lim maqsadida foydalanishi ko‘paygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunga dars tayyorlashda yordam olish va maktabdagi topshiriqlar bo‘yicha maslahat so‘rash kiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Kompaniya o‘smirlar ChatGPT’dan kuniga o‘rtacha 15 daqiqadan kam foydalanishini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uzoq davom etadigan suhbatlarda esa tanaffus qilishni eslatuvchi avtomatik bildirishnomalar samarali ishlashi aytilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunday eslatma olgan o‘smirlarning deyarli yarmi ko‘p o‘tmay ChatGPT’dan foydalanishni to‘xtatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, ChatGPT’dan ketma-ket uch soat yoki undan ko‘proq vaqt foydalangan o‘smirlarning so‘rovlari 80 foizdan ortiq holatda ta’lim bilan bog‘liq mavzularni qamrab olgani ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Biroq Common Sense Media’ning yangi tadqiqotida o‘smirlar uchun ChatGPT yoshlar va ularning ota-onalari uchun “qabul qilib bo‘lmaydigan xavf” tug‘dirishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tashkilot xavfsizlik mexanizmlari ishonchli ishlashi isbotlanmaguncha, OpenAI’dan 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarning platformadan foydalanishini taqiqlashni talab qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI vakilining aytishicha, Common Sense Media tadqiqot metodologiyasi ko‘rib chiqilganida, sinovlarning katta qismi ota-ona nazorati funksiyalari to‘liq ishga tushirilishidan oldin boshlangan va yakunlangan bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Biz mustaqil va puxta baholashlarni olqishlaymiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq Common Sense Media o‘tkazgan sinovlar ChatGPT’ning o‘smirlar uchun xavfsizlik mexanizmlari amalda qanday ishlashini yoki sun’iy intellekt o‘smirlarga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi ekspertlar qarashlarini to‘g‘ri aks ettirmaydi, deb hisoblaymiz, — degan kompaniya vakili.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Common Sense Media tadqiqotchilari o‘smirlarga tegishli sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir nechta akkauntlardan foydalangan va xavfsizlik mexanizmlari joriy etilishidan oldin hamda keyin chatbot bilan suhbatlar o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tadqiqotda ota-onalar akkauntiga bog‘langan yangi ChatGPT akkauntlarida o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘ziga zarar yetkazish yoki ovqatlanish xulq-atvoridagi buzilishlar haqida hatto bir soat davomida suhbatlashishi ham ota-onalarga birorta bildirishnoma yuborilishiga olib kelmagani qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ota-onalarga ogohlantirishlar faqat nozik mavzulardagi suhbatlar tarixi bir necha hafta davomida to‘plangan eski ChatGPT akkauntlarida yuborilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hisobotda, shuningdek, ChatGPT inqirozli vaziyatga tushgan o‘smirlarga ishonch telefoniga murojaat qilish yoki mutaxassisdan yordam olishni har doim ham ishonchli tarzda tavsiya qilmagani aytilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sinovlar ChatGPT o‘smirlarga maktab topshiriqlarini bajarishda yordam berishda davom etayotganini ham ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bundan tashqari, OpenAI bunday xatti-harakatlarni cheklashga va’da berganiga qaramay, chatbot ba’zan o‘zini insonga o‘xshatib ko‘rsatadigan iboralarni ishlatishi yoki foydalanuvchi bilan “do‘stdek gaplashishi” mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Common Sense Media tarkibidagi Yoshlar sun’iy intellekt xavfsizligi instituti rahbari Tom Siegel bu borada quyidagicha fikr bildirgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“ChatGPT for Teens” ota-onalarda xavfsizlik mexanizmlari va ogohlantirishlar samarali ishlayotgani haqida asossiz ishonch uyg‘otishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Holbuki, bu funksiyalar ko‘pincha ishlamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

So‘nggi yillarda yoshlarning onlayn platformalar bilan o‘zaro munosabati jiddiy muammoga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bolalar orasida o‘ziga zarar yetkazish va o‘z joniga qasd qilish holatlarining ko‘payishi bu masalaga e’tiborni kuchaytirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

OpenAI ham yoshlarning ChatGPT’dan foydalanishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kuchayib borayotgan jamoatchilik nazorati va huquqiy bosimga duch kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Fevral oyida Kanadaning qishloq hududidagi Tumbler Ridge shahrida ommaviy otishma sodir etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hodisani sodir etgan 18 yoshli shaxs bundan oldingi bir necha oy davomida ChatGPT bilan qurolli zo‘ravonlik haqida suhbatlashib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ OpenAI avvalroq ushbu shaxsning akkaunti huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilinmagani uchun uzr so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Tailanddagi maktabda otishma sodir etgan o‘smir quroldan foydalanishni internetdan o‘rgangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠