3-oktyabr kuni soat 23:59 da oktyabr oyida boʻladigan milliy sertifikat imtihoni uchun toʻlov qilish yakunlanadi va 4-oktyabr kuni toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinadi.
Oktyabr oyida geografiya, ona tili adabiyot va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni oʻtkaziladi. Bugun, 3-oktyabr imtihon uchun toʻlov qilishning oxirgi kuni va ertaga toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinadi.
Agentlikning maʼlum qilishicha, bekor qilingan arizalar hisobiga boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza berish qayta ochiladi.
Milliy sertifikat uchun 1-sentyabrdan boshlab 594 000 soʻm toʻlov qilinadi. Bu bir yarim bazaviy hisoblash miqdorining 90 foiziga teng.
Eslatma! Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihoni elektron tarzda oʻtkaziladi.
