Toʻlov miqdorining oshishi, yangi fanlardan imtihon va elektron format: milliy sertifikat imtihoni boʻyicha qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Toʻlov miqdorining oshishi, yangi fanlardan imtihon va elektron format: milliy sertifikat imtihoni boʻyicha qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026-yil ikkinchi yarim yillikda boʻlib oʻtadigan chet tili va umumtaʼlim fanlaridan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari sanalari va tartibini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, sertifikat imtihonlariga bir qancha oʻzgarishlar kiritilgan.

 

Agentlik sentyabr-dekabr oylarida oʻtkaziladigan ikkinchi yarim yillik boʻyicha xorijiy til va milliy sertifikat imtihonlari grafigini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, 1-sentyabrdan boshlab imtihon uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori oshirilgan. 1-sentyabrgacha avvalgi tartibda, yaʼni 556 200 soʻm toʻlov qilinadi va sentyabrdan boshlab imtihon uchun to’lov miqdori 594 000 so’m bo’ladi.

 

Muhim ma’lumot!  Milliy sertifikat imtihoni uchun bir yarim bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizida to’lov undiriladi va 2026-yil 1-sentyabrdan BHM miqdori 440 ming etib belgilandi. Shuning hisobiga sertifikat imtihoni uchun qilinadigan to’lov miqdori ham ko’tarilgan.

 

Bundan tashqari yana bir qancha umumtaʼlim fanlarida ham milliy sertifikat oʻtkaziladi. Jumladan, yangi jadvalda “Huquqshunoslik”, “Musiqa madaniyati” va “Boshlangʻich taʼlim” fanlari boʻyicha sertifikat imtihonlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, ikkinchi yarim yillikda ayrim fanlar bo’yicha imtihon topshirish formati ham oʻzgargan. Yaʼni, fizika, musiqa madaniyati, geografiya, huquqshunoslik va boshlangʻich taʼlim fanlaridan imtihon elektron formatga oʻtkazilgan. Bunda imtihonlar yozma emas, kompyuterda topshiriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish