O‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga “hayfsan” berildi

O‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga “hayfsan” berildi

Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchiga nisbatan jismoniy jazo qo‘llagani haqida Bolalar ombudsmaniga murojaat yuborgan. Natijada pedagogga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan.

 

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yashovchi fuqaro O.T. murojaat qilgan.

 

Murojaatda fuqaro farzandi T.D. tahsil olayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida uning o‘qituvchisi F.R. tomonidan jismoniy jazo qo‘llanganini bildirgan va holat yuzasidan tegishli chora ko‘rilishini so‘ragan.

 

Mazkur murojaat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.

 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ta’limda nomaqbul tarbiya usullaridan foydalangan o‘qituvchiga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, maktab mas’ullariga bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish zarurligi haqida ogohlantirish berilgan.

 

Avvalroq, bolalarga zo‘ravonlik qilgan shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yuritishiga cheklov kiritilishi haqida xabar berilgandi.