Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti - Ta’lim xabarlari
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyalashgan oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, bu yerda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan yetuk kadrlarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

 

Institut 2021–yil 8-sentyabr sanasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan №0033 litsenziyasi asosida faoliyat boshlagan.

Institutda 12000 m2 maydonni qamrab olgan 7 qavatli o‘quv binosi, 4000 m2 maydonni egallagan farmokotoksikologik tahlil, mikrobiologik tahlil, fizik–kimyoviy tahlil hamda dori shakllarini tahlili ilmiy-amaliy laboratoriyalari korpusi, klinik oldi tadqiqotlarini o‘tkazish uchun vivariy-pitomnik va 3000m2 maydonga ega zamonaviy talabalar turar joyi qad rostlagan. Shuningdek, institutda talabalarning jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun trenajyor zali ham tashkil qilingan. Jismoniy tarbiya darslari zamonaviy sport zalida o‘tkaziladi.

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

-Farmatsiya(turlari bo‘yicha);
-Sanoat farmatsiyasi(turlari bo‘yicha);
-Davolash ishi;
-Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladilar hamda
magistratura mutaxassisliklari;
-Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
-Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
-Dorilarning sanoat texnologiyasi;
-Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
-Eksperimental va sport farmakologiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha magistr darajasini olishlari mumkin.

 

O‘quv binosida bir smenada 2000 nafar talaba tahsil olish imkoni mavjud. Auditoriyalar interaktiv multimediya vositalari-elektron doskalar bilan jihozlangan. O‘quv laboratoriyalari xalqaro standartlarga asoslangan laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

 

 

 

So‘nggi avlod kompyuterlarini jamlagan axborot texnologiyalari markazi, o‘quv darsliklari ensiklopediyasi va lug‘atlar, badiiy adabiyotlarni qamrab olgan axborot resurs markazi talabalar xizmatida.

 

 

 

 

O‘quv binosining har bir qavatida internet provayderlari(wi-fi) bilan ta’minlangan dam olish hududlari mavjud.

 

 

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida o‘quv laboratoriyasidan tashqari simulyatsiya xonasi ham jihozlangan bo‘lib, unda tibbiyot mulyajlari hamda so‘nggi rusumdagi Pirogov stoli yordamida odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda boshqa tibbiyotga oid fanlar o‘tiladi.

 

 

 

 

 

Farmatsevtik texnologiya kafedrasida amaliy dars jarayonida talabalar bevosita dori vositalarini o‘z qo‘llari bilan tayyorlay olishlari uchun o‘quv va ilmiy ishlab chiqarish farmaparki tashkil etilgan. Farmaparkda dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha uskunalar jamlangan. Talabalarga 16 ta fan doktorilari, 44 ta fan nomzodlari va falsafa doktorlari ta’lim beradi.

 

 

 

Bir qator talabalarimiz kashfiyotlar qilib, o‘z ixtirolari bilan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishyapti.Bunga misol qilib so‘nggi yutuqlarni sanab o‘tmoqchimiz:

 

Joriy yilning may oyida Iste’dodliyoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining respublika bosqichida institutimiz faxriga aylangan farmatsiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Dilmurodov Ma’rufjon g‘oliblikni qo‘lga kiritib BHM 20 barobar miqdorda pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi2023″ respublika ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasida 2-o‘rinni egallagani uchun O‘rinova Dilnoza Jahongir qizi II darajali diplom, BHM 10 baravarida mukofot puli va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

“O‘zkimyosanoat” AJ, “Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda talaba qizlar uchun KIMYO FANI bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada talabamiz Pashaqulova Sevara o‘z jamoasidagi qizlar bilan birgalikda “Mahalliy dorivor o‘simliklar zahirasini kengaytirish. Plantatsiyasini yaratish. Introduksiya qilish” innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va sovrinli 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Tashkilotchilar tomonidan 15 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

 

 

“Made in Univer” innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasida ham talabalarimizning 20 dan ortiq ixtirolari taqdim etildi va bir necha loyihalarimiz sovrinli o‘rinlarga loyiq topildi.

 

 

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida har yili talabalar ilmiy jamiyatining ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda nafaqat yurtimizdagi bir qator oliy o‘quv yurtlari talabalari, balki qo‘shni Qozog‘istonlik iqtidorli talabalar ham ishtirok etib kelishmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

2023 yilning 23-27 aprel kunlari “Zamonaviy farmatsevtika sohasini rivojlanishining dolzarb masalalari va tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi I Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Anjumanda yurtimiz olimlari bilan bir qatorda Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina Respublikalaridan mehmonlar tashrif buyurdi. 100 ga yaqin ma’ruzalar sho‘balarda muhokama qilindi.

 

Ushbu konferensiya har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Joriy yilning oktyabr oyida II Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Talabalarimiz o‘z ilmiy izlanishlari, maqolalari bilan bir qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda onlayn ishtirok etib kelmoqdalar.

 

 

 

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xorijiy davlatlardagi bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolagan. Ushbu kelishuvlar asosida bir guruh talabalarimiz Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasida hamda Xitoy davlatining “Kunming tibbiyot universiteti”da o‘quv amaliyotini o‘tab kelishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, institutimiz yurtimizdagi bir qator farmatsevtik kompaniyalar bilan ham hamkorlik qiladi. Talabalarimiz tanishuv va o‘quv amaliyotlari davrida ana shu tashkilotlarga qarashli ishlab chiqarish korxonalari, dorixona va dorivor o‘simliklar yetishtiradigan plantatsiyalarda bo‘ldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bizning shiorimiz: “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi.”

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры