Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?

Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?

O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi. 2018-yilda mamlakatda atigi bitta nodavlat oliygoh faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 97 taga yetgan.

 

Shu jarayonda faoliyatini boshlagan universitetlardan biri — University of Business and Science hisoblanadi. Talimxabarlari.uz jamoasi universitetning bugungi faoliyati, ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

 

Universitet mutasaddilari bilan suhbatlar davomida UBSning dastlabki faoliyatidan bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

 

 

UBS rektori Dilshod Xolmatovning ma’lum qilishicha, universitet bugungi kunda Namangan va Toshkentda jami 7 ta kampusda faoliyat yuritmoqda. Ularda qariyb 34 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 523 nafari magistratura bosqichida, 11 mingdan ortig‘i kunduzgi, 21 mingdan ortig‘i esa sirtqi ta’lim shaklida o‘qimoqda.

 

Rektor universitetning Toshkent filialiga talab yuqori bo‘lgani va boshqa hududlardan kelib tushgan murojaatlar sabab asos solinganini ta’kidladi. Toshkentdagi kampuslar Chilonzor va Sergeli tumanlarida joylashgan.

 

Suhbatda universitetdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi ham alohida tilga olindi. UBSda 500 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritayotgani, ilmiy salohiyat esa 40 foizni tashkil etayotgani ma’lum qilindi.

Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?

Universitet vakilining aytishicha, joriy yilning o‘zida 48 nafar professor-o‘qituvchi falsafa doktori, 5 nafari fan doktori ilmiy darajasini olgan. Bundan tashqari, 14 nafar ustoz dotsent, 3 nafari professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.

 

Ayol olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetda 100 nafardan ortiq a’zo birlashgan “Olima ayollar” uyushmasi ham faoliyat yuritmoqda.

 

Universitetda 4+2 ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan, bunda talabalar haftaning to‘rt kunida nazariy bilim olsa, ikki kunini amaliyot obyektlarida o‘tkazishadi.

 

Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishlari uchun UBS Hospital klinikasi ishga tushirilgani talabalar uchun katta imkoniyat berishi ta’kidlandi. Universitet vakillari klinika talabalar uchun nazariy bilimni bevosita amaliyot bilan mustahkamlash, shu bilan birga Namangan va viloyat aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini berayotganini qayd etdi.

 

UBS rahbariyatining ma’lumotiga ko‘ra, universitetning 2 545 nafar ilk bitiruvchisi diplom olgan va ularning 91 foizi ishga joylashgan.

Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?

Bitiruvchilardan biri esa universitetda tahsil olish davomida davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgani va hozir UBSda faoliyat yuritayotganini aytdi.

 

Universitet vakillari UBSning xalqaro aloqalari ham kengayib borayotganini ma’lum qildi. AQSh, Janubiy Koreya, Vengriya, Italiya, Angliya, Ruminiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, va Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, universitet dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorliklar qilib, MIT bilan bog‘liq dasturlar doirasida 25 ming talaba uchun platformada ta’lim olish imkoniyati yaratilgan, qariyb 100 nafar o‘qituvchi esa malaka oshirish dasturida ishtirok etib, sertifikat olgan.

 

UBS 2026-yilda GreenMetric xalqaro reytingida 830-o‘rinni egallagan. Universitet vakillarining aytishicha, bu avvalgi yilgi 873-o‘ringa nisbatan 43 pog‘ona yuqori natija.

Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?

Universitetda Islom Karimov, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyalari sohiblari borligi aytildi. So‘nggi ikki yilda to‘rt nafar talaba ushbu stipendiyalarga ega bo‘lgan.

 

Talabalar uchun zakovat va kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblarga moddiy va ma’naviy ko‘mak, jumladan kontrakt to‘lovlari bo‘yicha chegirmalar ham beriladi.

 

Suhbat yakunida UBSning rivojlanish bosqichlari sifatida jamoaviylik, tajriba va natija tamoyillari qayd etildi. Universitet rahbariyatining ta’kidlashicha, endigi asosiy maqsad — xalqaro maydondagi faoliyatni yanada kengaytirish va “jahonga chiqish”.

 

Talimxabarlari.uz tayyorlagan maxsus videoda UBSning kampuslari, ta’lim jarayoni, professor-o‘qituvchilari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorliklari va universitet vakillarining kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Videoni YouTubedagi rasmiy sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.