Toshkentda PPX xodimlari ikki nafar o‘quvchini noqonuniy tintuv qilganlikda ayblanmoqda

Toshkentda PPX xodimlari ikki nafar o‘quvchini noqonuniy tintuv qilganlikda ayblanmoqda

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida patrul-post xizmati xodimlari ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchining huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Holat yuzasidan ota-onalar IIVga murojaat qilgan, IIBB esa xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, 15 va 16 yoshli ikki o‘quvchi savdo markaziga ketayotganida PPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xodimlar ularning cho‘ntaklarini tekshirgan, tanasini paypaslagan hamda o‘quvchilardan birining telefonini olib, Telegram yozishmalari va suratlarini ko‘zdan kechirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, o‘smirlarga ‘‘narkokontrol’’ bo‘limiga olib borilishi aytilib, ota-onalariga qo‘ng‘iroq qilishlariga ruxsat berilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xodimlar o‘z harakatlarini o‘tkazilayotgan ‘‘Xavfsiz va sog‘lom yurt’’ tadbiri bilan izohlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonovaning ta’kidlashicha, fuqarolarni, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni qonuniy asoslarsiz tekshirish, shaxsiy buyumlarini ko‘zdan kechirish va ularga ruhiy bosim o‘tkazish qonunga zid hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini, PPX xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berilishini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xodimlar bilan xizmat intizomi va fuqarolar bilan muomala madaniyati yuzasidan qo‘shimcha profilaktik suhbat ham o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o’tamiz, avvalroq Samarqandda Malibu haydagan texnikum o‘quvchilari YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠