Farg‘onadagi 4 ta texnikumda fuqarolar xorij standartlari asosida kasbga tayyorlanadi

Farg‘onadagi 4 ta texnikumda fuqarolar xorij standartlari asosida kasbga tayyorlanadi

Farg‘onada chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Germaniya va Janubiy Koreya standartlari asosida kasbga tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, viloyatda yangi ta’lim muassasalarini barpo etish va mavjud ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

26-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida islohotlar natijadorligini oshirish, hududning iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solish, aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yig‘ilishda ta’lim, ilm-fan va malakali kadrlar tayyorlashga oid tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farg‘onadagi 4 ta texnikumda fuqarolar xorij standartlari asosida kasbga tayyorlanadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, viloyatda yangi ta’lim muassasalarini barpo etish, mavjud ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari hamda Uchko‘prik tumanidagi to‘rtta texnikumda chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Germaniya va Janubiy Koreya standartlari asosida kasbga tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farg‘onadagi 4 ta texnikumda fuqarolar xorij standartlari asosida kasbga tayyorlanadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tizim orqali xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha yiliga 6 ming nafar fuqaroni xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida innovatsion texnopark tashkil etish, “Eltexsanoat” texnoparki hududini qo‘shimcha 70 gektarga kengaytirish hamda Dang‘ara tumanida uning filialini ochish orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farg‘onadagi 4 ta texnikumda fuqarolar xorij standartlari asosida kasbga tayyorlanadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sanoat tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, innovatsion ishlanmalar hamda zamonaviy ishlab chiqarish yechimlaridan foydalanish ham ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, viloyatda yangi ta’lim va tibbiyot muassasalari, zamonaviy sport majmualarini barpo etish orqali ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ham ko‘rib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident mas’ullarga yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ilmiy yondashuvlarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng tatbiq etish yuzasidan topshiriqlar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠