Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlar direktorligiga ochiq tanlov e’lon qilindi

Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlar direktorligiga ochiq tanlov e’lon qilindi

Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlarning vakant direktor lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Arizalar elektron platforma orqali qabul qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tanlov kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish bo‘yicha bilim va tajribaga ega nomzodlar uchun tashkil etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar vacancy.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Platformada vakant lavozimlar ro‘yxati, nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari hamda hujjatlarni topshirish muddatlari bilan tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tanlov uch bosqichda — e’lon berish, hujjatlarni qabul qilish va saralash hamda suhbat shaklida o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Nomzodlardan ariza topshirishda shaxsiy ma’lumotlari, ma’lumoti va mehnat stajiga oid ma’lumotlarni to‘liq hamda to‘g‘ri kiritish talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, “Temurbeklar maktabi” ikki kafedra mudiri lavozimiga tanlov e’lon qilganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠