Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatidagi ayrim ta’lim va madaniyat maskanlarida mavjud sharoitlar bilan tanishdi. U soha mas’ullarini yig‘ilib qolgan muammolar yuzasidan jiddiy ogohlantirib, natija uchun javobgarlikni qat’iy talab qilishini bildirdi.

 

Saida Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatidagi mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat maskanlarida bo‘lib, mavjud sharoitlarni o‘rgandi hamda aholi bilan ochiq muloqot qildi.

 

Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

 

Uning qayd etishicha, hududda erishilgan yutuqlar bilan birga, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina.

 

“Yutuqlarimiz o‘z yo‘liga, ammo yig‘ilib qolgan masalalar ham kam emas. Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim — so‘rovim shunga yarasha bo‘ladi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida.

 

Prezident administratsiyasi rahbari mas’ul rahbarlardan natija uchun javobgarlikni qat’iy talab qilishini ta’kidladi.

 

Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

 

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog‘cha sharoitini ham o’rgangan edi. O‘rganish davomida bog‘cha binosi avariya holatida ekani, maktabda esa sinfxonalar sovuqligi va o‘quvchilar foydalanayotgan partalar eskirgani ma’lum bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌