Yosh olimlar xorijdagi TOP-500 universitetlarda amaliyot o‘tashi mumkin

Yosh olimlar xorijdagi TOP-500 universitetlarda amaliyot o‘tashi mumkin

O‘zbekistonda yosh olimlarni xorijiy universitet va ilmiy tashkilotlarga stajirovkaga yuborish tartibi yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Endilikda nomzodlar xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan muassasalarda tajriba orttirishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jarayon.uz nashriga ko’ra, yosh olimlarni xorijiy stajirovkalarga yuborish, “Akademik harakatchanlik” hamda “Bo‘lajak olim” tanlovlarini tashkil etish tartibi o‘zgardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarorida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unga ko‘ra, mazkur tanlovlarni Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xorijiy stajirovkaga kimlar yuboriladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yangi tartibga muvofiq, yosh olimlar QS, THE yoki ARWU xalqaro reytinglarining birida TOP-500 talikka kirgan xorijiy universitetlarga, shuningdek, AD Scientific Index reytingida TOP-1000 talikdan joy olgan ilmiy tashkilotlarga yuborilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi talablar belgilangan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • nomzod 20 yoshdan oshgan va 40 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
  • bir vaqtning o‘zida faqat bitta tanlovda ishtirok etishi;
  • avval xorijiy stajirovkada bo‘lgan nomzod qayta qatnashishdan oldin hisobotini topshirishi kerak.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlov har yili kamida bir marta, 1-iyulga qadar e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yakka tartibdagi stajirovka uchun qabul qiluvchi tashkilotning taklifnomasi, ish dasturi va xarajatlar smetasi talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Nomzodlarni saralash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan ham foydalanilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, stajirovka yakunida taqdim etilgan ilmiy hisobot ekspert guruhi tomonidan qabul qilinmasa, safar uchun sarflangan mablag‘ yosh olimning ish haqidan ushlab qolinib, tegishli jamg‘armaga qaytariladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Akademik harakatchanlik” dasturi qanday ishlaydi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu dastur yosh olimlarga asosiy ish joyidan ajralmagan holda O‘zbekistondagi boshqa ilmiy tashkilot yoki laboratoriyada ilmiy loyiha ustida ishlash imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Dasturda ilmiy identifikatsiya raqamiga ega, 40 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Nomzodlar orasidan 50 balldan yuqori natija qayd etganlar belgilangan kvota doirasida g‘olib deb topiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hisobotni belgilangan muddatda taqdim etmagan yoki ishi qoniqarsiz deb baholangan yosh olim keyingi tanlovlarda qatnasha olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uni tavsiya qilgan tashkilotga esa bir yil davomida yangi nomzod taqdim etish cheklovi qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Bo‘lajak olim” tanlovida 880 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Bo‘lajak olim” tanlovi har yili kamida bir marta Startaplar bo‘yicha yagona platforma orqali tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Platformadan tashqarida yuborilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tanlovda kamida 50 ball to‘plagan ilmiy g‘oyalar g‘olib bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablag‘ 2 000 BHMdan, ya’ni amaldagi hisob-kitob bo‘yicha 880 mln so‘mdan oshmasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Mukofot puli loyiha muallifining bank kartasiga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Loyihani belgilangan muddatda amalga oshirmagan yoki moliyaviy intizom talablarini buzgan ishtirokchilar ikki yil davomida tanlovda qatnasha olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Moliyalashtirilgan startap loyihalar ijrochilari “Yashnobod” yoki boshqa texnoparklar rezidenti maqomini olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlarga umrbod o‘zgarmaydigan ilmiy identifikatsiya raqamini berish tartibi ham belgilanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠