Sud noqonuniy ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchini ishga tikladi

Sud noqonuniy ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchini ishga tikladi

Sirdaryo viloyatida texnikum o‘qituvchisi noqonuniy ishdan bo‘shatilgani yuzasidan sudga murojaat qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Sud ish beruvchi mehnat qonunchiligi talablarini buzganini aniqlab, pedagogni lavozimiga tiklash va unga 11 million so‘m ish haqi undirish haqida qaror chiqardi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 1-son texnikumida faoliyat yuritgan ingliz tili o‘qituvchisi uni asossiz ishdan bo‘shatishganini va ish beruvchining buyruqlari qonunga zid ekanini aytib, sudga murojaat qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘qituvchi o‘z da’vosida uni faoliyatga qayta tiklashni so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sudda qatnashgan ish beruvchining vakili bu holatgacha kelishda o‘qituvchining mehnat intizomini muntazam buzganini asos qilib ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Pedagog “Bu Kun” dasturi muxbiri bilan suhbatda texnikum rahbariyati ataylab o‘quvchilarga darsda o‘qituvchini provokatsiya qilishga tayyorlagani haqida gapirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Darsimga kiradigan har bir guruhdan o‘quvchilarni tayyorlab, “sen videoga olasan”, “sen asabini buzasan” deb o‘rgatishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Menga tuhmatlar qilib, asossiz meni ishdan bo‘shatishdi”, — dedi o‘qituvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qayd etilishicha, o‘qituvchiga intizomiy jazo qo‘llashdan avval yozma tushuntirish xati olinmagan, “hayfsan berish” haqidagi buyruqni rasmiylashtirish va xodimni u bilan tanishtirishda ham qonun talablariga rioya etilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sud majlisida esa, texnikum rahbariyati ushbu o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan shikoyatlar tushganini, dars jarayoni va mehnat intizomi bilan bog‘liq kamchiliklar mavjud bo‘lganini bildirib, mazkur da’voni rad etilishini so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sud ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligining ayrim talablarini buzgan deb topdi va xodimni avvalgi mehnat lavozimiga ishga tiklash haqida qaror qabul qilishni lozim topdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bundan tashqari, xodimga majburiy progul davri uchun 11 million so‘m miqdorida ish haqlari undirish belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, pedagog ingliz tili o‘qituvchisi lavomiga qaytgan va unga kompensatsiya puli to‘lab berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Fargʻonadagi maktab direktori sud qarori bilan lavozimiga qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠