Bakalavriat bosqichidan keyin ta’limini davom ettirib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishni rejalashtirayotganlar uchun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida magistratura dasturlari mavjud.
2026/2027-o‘quv yili uchun KIUTda magistraturaga qabul 4-sentyabr soat 23:59 gacha davom etadi. Universitetda jami 36 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda.
Ular iqtisodiyot, pedagogika va psixologiya, tilshunoslik va san’at hamda muhandislik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Mutaxassisliklar orasida biznes boshqaruvi, moliya, bank ishi, turizm, psixologiya, lingvistika, arxitektura, biotexnologiya, sun’iy intellekt, Data Science, kiberxavfsizlik, dasturiy injiniring va boshqa yo‘nalishlar bor.
Shuningdek, joriy o‘quv yili uchun magistratura dasturlariga bir qator yangi mutaxassisliklar ham kiritilgan. 36 ta mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari shakli, xorijiy til sertifikatiga qo‘yiladigan talablar va bir o‘quv yili uchun kontrakt miqdori bir-biridan farq qiladi.
Mutaxassisliklar, kirish imtihonlari shakli va kontrakt miqdorlari bilan quyidagi jadvalda batafsil tanishish mumkin.
Hujjat topshirish tartibi
Magistraturaga hujjatlar universitetning admission.kiut.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Talabgorlardan pasport yoki ID-karta nusxasi, oliy ta’lim diplomi va uning ilovasi hamda 3,5 × 4,5 sm hajmdagi elektron fotosurat talab etiladi.
Kirish imtihonlari mutaxassislikka qarab test va suhbat, sertifikat asosida yoki yozma ish va suhbat, shuningdek portfolio va suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Ayrim mutaxassisliklarda xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab qilinadi. Masalan, ingliz tili bo‘yicha IELTS 6.5, CEFR C1, Duolingo 110 yoki TOEFL 80, koreys tili uchun TOPIK 4, rus tili uchun esa TORFL C1 darajasi belgilangan.
Talabgorlar uchun qanday imkoniyatlar bor?
Tegishli xalqaro til sertifikatiga ega talabgorlar ingliz tilida ta’lim beriladigan guruhlarga kirish imtihonlarisiz qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, so‘nggi ikki yil ichida xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1-, 2- yoki 3-o‘rinlarni egallagan talabgorlar tegishli magistratura mutaxassisliklariga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.
Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan magistratura talabalari uchun keyinchalik universitetning ta’lim grantlarida ishtirok etish imkoniyati ham mavjud.
Bundan tashqari, muvaffaqiyatli talabalar xalqaro talabalar almashinuv dasturlarida qatnashishi, xorijiy davlatlar hamda yirik korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashi mumkin. Universitetdagi qo‘shma ta’lim dasturlari va ularda o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni ushbu maqolada o‘qishingiz mumkin.
Universitetda magistratura bilan bir qatorda bakalavriat uchun ham qabul davom etmoqda. KIUTning Toshkentdagi asosiy kampusidan tashqari Namangan va Samarqandda filiallari ham faoliyat yuritadi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitet tomonidan beriladigan diplomlar O‘zbekistonda to‘liq tan olinadi. Xususiy oliy ta’lim muassasalarida litsenziya masalasi bilan qiziqayotganlar uchun esa Talimxabarlari.uz’da litsenziyaning haqiqiyligini license.gov.uz orqali tekshirish tartibi ham tushuntirilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40



