Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 13-avgust kuni o‘tkaziladi. Talabgorlar imtihonga pasport yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtda kelishi kerak.
Avvalroq xabar berilganidek, 2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari avgust-sentyabr oylarida o‘tkaziladi. Navbatdagi test sinovi 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi bilan PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.
Mazkur ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin.
Test topshiradigan talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.
Turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududi yoki test topshirish tilini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bu masala bo‘yicha https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot orqali murojaat qilishlari mumkin.
Bunda murojaatda ariza raqami, ism, familiya va sharif ko‘rsatilishi kerak. Murojaatlar yuqoridagi bot orqali qabul qilinadi.
13-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan sinovda ishtirok etadiganlar ro‘yxati — Faylni yuklash
