2026-yil avgust-sentyabr oylarida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari belgilandi

2026-yil avgust-sentyabr oylarida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari belgilandi

2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan muddatlarni e’lon qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini  bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirishi munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi iyul oyida yopiq ish rejimida faoliyat yuritadi. Shu sababli iyul oyida xorijiy diplomlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

 

Test sinovlari avgust-sentyabr oylarida quyidagi sanalarda tashkil etiladi:

 

Avgust:

  • 13-avgust
  • 27-avgust

 

Sentyabr:

  • 10-sentabr
  • 24-sentabr

 

Eslatma: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

 

Shuningdek, test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha axborot beriladi.