2–7-noyabr kunlari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan attestatsiya sinovlari yakunlandi. Quyida 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda yuqori natija qayd etgan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 2-noyabr kunidan boshlab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari boshlangan edi. Bugun, 7-noyabr ushbu yo‘nalish bo‘yicha malaka sinovlarining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar 6 kun davom etdi.
Quyida bugungi imtihonlarda yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishing:
— Andijon viloyati Paxtaobod tumani 8-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Qaxxorova Nargiza — 94 ball;
— Samarqand viloyati Toyloq tumani 10-maktab oʻqituvchisi Turaqulova Dilrabo — 98 ball;
— Samarqand viloyati Toyloq tumani 51-maktab oʻqituvchisi Saidalimova Mohinur — 94 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 77-maktab oʻqituvchisi Abubakirova Eʼzozxon — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 10-maktab oʻqituvchisi Azimova Madina — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 18-maktab oʻqituvchisi Abdualimova Kibriyo — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 51-maktab oʻqituvchisi Hamidova Gulzoda — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 8-maktab oʻqituvchisi Esanova Dildora — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 20-maktab oʻqituvchisi Xolmurodova Mohira — 92 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 14-maktab oʻqituvchisi Xoʻjayorova Maftuna — 88 ball;
— Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 107-maktab oʻqituvchisi Norqulov Azizbek — 86 ball;
— Jizzax viloyati Zomin tumani 6-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Berdiyeva Goʻzal — 94 ball;
— Jizzax viloyati Forish tumani 29-umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Usmonova Gulbahor — 94 ball;
— Toshkent viloyati Parkent tumani 56-maktab oʻqituvchisi Nurkomilova Noila — 84 ball;
— Toshkent viloyati Parkent tumani 50-maktab oʻqituvchisi Shermatova Feruza — 80 ball.
Dushanba, 9–noyabr kunidan boshlab matematika fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki kun davom etadi. Ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, pedagoglar attestatsiya testini yakunlagach, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali natijalar bo‘limidan savollar qaysi mavzularga oid ekanini ko‘rishi mumkin. Bu imkoniyat qo‘shimcha tayyorgarlik talab etiladigan yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beradi.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
