Toshkentda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

Toshkentda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

Toshkent shahrida ISHONCH mentorlar orasidagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun o‘quv dasturi o‘tkazildi. Trening mentorlarning 1–4-sinflarda samarali ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Toshkent shahrida 2–7-noyabr kunlari ISHONCH mentorlar orasidagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun o‘quv dasturi tashkil etildi.

 

Dastur Texas A&M University–Texarkana universiteti ta’lim professori, doktor Leslie Haas rahbarligida olib borildi. Unda ishtirokchilar 1–4-sinflarda samarali ta’lim jarayonini tashkil etish, darslarni rejalashtirish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash bo‘yicha bilimlarini oshirdi.

 

Toshkentda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

 

Trening davomida faol ta’lim usullarini qo‘llash, sinfdagi o‘quvchilar ishtirokini rag‘batlantirish, turli ehtiyojlarga ega bolalar uchun ta’lim yondashuvlarini moslashtirish kabi mavzular ham o‘rganildi.

 

Mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri dalillarga asoslangan mentorlik amaliyotidir.

 

Toshkentda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

 

Ishtirokchilar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash, dars jarayonini kuzatish, samarali o‘qitish strategiyalarini namoyish etish va konstruktiv fikr-mulohazalar berish usullarini o‘zlashtirmoqda.

 

Dastur olti kun davomida ikki guruhda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi guruh bugun uch kunlik treningni yakunlamoqda. Ikkinchi guruh esa hafta davomida qolgan kunlarda mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

 

Mazkur tashabbus ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning ‘‘AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish’’ qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi. Loyiha UNESCO tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

 

Toshkentda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening o‘tkazildi

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Metodik marafon” tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Kuzgi ta’til davrida tashkil etilgan “Metodik marafon”ning ikki kunlik mashg‘ulotlarida 140 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan.