Maktab xodimlariga moddiy yordam: “og‘ir kasallik” tushunchasiga aniqlik kiritildi

Maktab xodimlariga moddiy yordam: “og‘ir kasallik” tushunchasiga aniqlik kiritildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maktab xodimlariga ogʻir kasallik sababli moddiy yordam ajratish tartibini qoʻllash yuzasidan koʻrsatma berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unda “ogʻir kasallik” tushunchasini aniqlash mezonlari hamda moddiy yordam ajratish uchun asos boʻladigan hujjatlar belgilab berilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 30-iyundagi 05-40-4205-son koʻrsatma xati bilan umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ogʻir kasallik munosabati bilan moddiy yordam ajratish tartibini qoʻllash yuzasidan qoʻshimcha tushuntirish berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Koʻrsatma xati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 33-bandini amaliyotda yagona tartibda qoʻllash maqsadida ishlab chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Amaldagi tartibga koʻra, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga xodimning oʻzi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) ogʻir kasallikka chalinganda, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida zarar koʻrganda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam koʻrsatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 12-maydagi 05-40-3069-son xatiga javoban Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026-yil 16-maydagi 02-10/13437-son xati bilan “ogʻir kasallik” tushunchasiga aniqlik kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unda qayd etilishicha, ogʻir kasalliklar uchun alohida tasdiqlangan roʻyxat mavjud emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kasallikning yengil, oʻrta yoki ogʻir darajasi davolovchi shifokor tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan davolash standartlari, klinik protokollar hamda Xalqaro kasalliklar tasnifi (XKT-10) asosida belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, bir xil kasallik ham turli darajada kechishi mumkinligi taʼkidlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Masalan, oʻtkir respirator kasallik (gripp) ayrim holatlarda yengil, ayrim bemorlarda esa oʻrta yoki ogʻir darajada kechishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu sababli kasallikning nomi emas, balki uning shifokor tomonidan belgilangan ogʻirlik darajasi asosiy mezon hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shundan kelib chiqib, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ogʻir kasallik sababli moddiy yordam ajratishda tibbiyot muassasasi shifokori tomonidan kasallikning ogʻir darajada ekanligi toʻgʻrisida berilgan xulosa asosiy hujjat sifatida qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu xulosa asosida muassasaning ishchi guruhi qarori va direktor buyrugʻi bilan moddiy yordam ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur koʻrsatma hududlarda moddiy yordam ajratish amaliyotida yagona yondashuvni taʼminlash hamda “ogʻir kasallik” tushunchasini bir xil talqin qilishga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠