Samarqanddagi maktab direktorining nomaqbul yozishmalari haqidagi xabarlar yuzasidan MMTB rasmiy munosabat bildirdi

Samarqanddagi maktab direktorining nomaqbul yozishmalari haqidagi xabarlar yuzasidan MMTB rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi 81-son maktab direktori bilan bogʻliq tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat MMTB munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda va yakuniy xulosa qonuniy oʻrganish natijalariga koʻra beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 81-son umumtaʼlim maktabi direktori bilan bogʻliq, uning goʻyoki nomaqbul soʻzlar ishlatgani, shuningdek, direktorning yozishmalari ekani iddao qilingan materiallar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan viloyat MMTB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Unga koʻra, MMTB pedagoglarning kasbiy odob-axloq qoidalariga zid boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatni qoralaydi hamda xizmat odobi va axloq meʼyorlariga qatʼiy rioya etilishi tarafdori ekanini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsi qonun bilan himoya qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu sababli, holat yuzasidan yakuniy xulosa faqat vakolatli organlar tomonidan olib boriladigan qonuniy tekshiruv natijalariga asoslanishi maʼlum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, mazkur holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan oʻrganilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Oʻrganishlar davomida har ikki tomon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda murojaat qilgani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Ayni paytda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli oʻrganish ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tekshiruv yakunlari va qonuniy xulosalarga koʻra, holatga huquqiy baho berilib, zarur hollarda amaldagi qonunchilik asosida tegishli choralar koʻriladi” — deydi rasmiylar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Boshqarma, shuningdek, jamoatchilikni tekshiruv yakunlanmaguncha asossiz xulosalar chiqarmaslikka va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Jamoatchilikdan tekshiruv yakuniga qadar asossiz xulosalar chiqarmaslikni, tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni hamda qonuniy jarayonlarga hurmat bilan yondashishni soʻraymiz”, — deyiladi rasmiy munosabatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Toshkentda o‘quvchisiga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik. ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠