Toshkentda o‘quvchisiga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda o‘quvchisiga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida voyaga yetmagan o‘quvchiga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli J.I. tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlaydi. U 16 va 17 aprel kunlari Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan Sms xabarlari jo‘natgan.

 

Direktor sudda aybiga iqror bo‘lgan. U xabarlarni o‘quvchini tarbiyalash maqsadida yozganini aytgan hamda pushaymonlik bildirgan. O‘quvchining qonuniy vakili esa direktor o‘z lavozimiga loyiq emasligini aytib, unga og‘irroq jazo qo‘llashni so‘ragan.

 

JIB Yuqori Chirchiq tuman sudining qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Avvalroq Namanganda maktab oʻqituvchisi 6-sinf oʻquvchisini zoʻrlaganligi haqida xabar qilgan edik.