Samarqandlik abituriyent toʻrtta sertifikat bilan OTMga kirish uchun maksimal ballni oldindan toʻpladi

Samarqandlik abituriyent toʻrtta sertifikat bilan OTMga kirish uchun maksimal ballni oldindan toʻpladi

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 11-maktab bitiruvchisi Xasanova Zilfuzar o‘zbek tili va adabiyotidan A, tarix fanidan B, matematikadan C+ hamda ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Mazkur natijalar orqali u oliy ta’limga kirish uchun zarur bo‘lgan 189 ballni muddatidan oldin jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Zilfuzar kelajakda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» yo‘nalishida tahsil olishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, sertifikatlar aynan shu orzuga yaqinlashtiradigan eng muhim qadamlardan biri bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Sertifikat olish g‘oyasi unda 10-sinf boshida paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ O‘sha paytdan boshlab u o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, muntazam tayyorgarlikni boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Kelajakdagi maqsadlarimga tezroq erishish uchun sertifikat olishga qaror qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Muntazam dars qildim, ko‘p test ishladim va har bir xatolarim ustida ishlashga harakat qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Natijada oldimga qo‘ygan maqsadimga erishdim», — deydi Zilfuzar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Har bir fan uchun alohida reja tuzilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ U ona tili faniga bir yil, ingliz tiliga bir yil, tarixga uch oy, matematikaga esa bir yarim oy davomida tayyorlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Tayyorgarlik jarayonida u offlayn mashg‘ulotlar bilan birga onlayn kurslar, YouTube platformasidagi videodarslar va Telegram kanallaridagi materiallardan ham foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Biroq uning fikricha, eng katta natijani aynan muntazam test ishlash va xatolarni tahlil qilish bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Har kuni ma’lum vaqtni darsga ajratishga, qiyin mavzularni qayta-qayta takrorlashga harakat qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Eng samarali usulim test ishlab, xatolarimni tahlil qilish bo‘ldi», — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Imtihon savollari Zilfuzar kutgan darajada bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Shunga qaramay, ayrim topshiriqlar chuqurroq bilim va e’tibor talab qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Savollar kutganimdek bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Ayrimlari chalg‘ituvchi edi, ba’zilari esa chuqurroq bilim talab qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Lekin puxta tayyorlanganim sababli testlarda qiynalmadim», — deydi o‘quvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Maktabdagi darslar va sertifikat tayyorgarligini birgalikda olib borish uchun u kunlik rejalar tuzgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Maktabdan keyingi vaqtining katta qismini esa dars qilishga bag‘ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Ba’zan yuqori natija uchun uyqu hisobidan ham vaqt ajratishga to‘g‘ri kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Yaxshi natijaga erishish uchun ayrim kunlari uch-to‘rt soatgina uxlagan paytlarim ham bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Albatta, charchoq va tushkunlikni his qilgan vaqtlarim bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Shunday vaziyatlarda maqsadimni eslab, biroz dam olib, yana darslarga qaytardim», — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Zilfuzarning fikricha, muvaffaqiyat faqat bilim bilan emas, balki ruhiy tayyorgarlik bilan ham chambarchas bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Psixologik tayyorgarlik ham bilim kabi muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ O‘ziga ishonch va sabr muvaffaqiyatga erishishda katta rol o‘ynaydi», — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Telefon va ijtimoiy tarmoqlarni esa u vaqtni behuda sarflaydigan vosita emas, balki to‘g‘ri foydalanilsa, ta’lim uchun foydali yordamchi deb hisoblaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«Telefonni dushman emas, vosita sifatida ko‘rdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Dars vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan uzoqroq bo‘ldim, undan asosan testlar va ta’limiy materiallar uchun foydalandim», — deydi Zilfuzar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Bugun u sertifikatlar orqali o‘z maqsadiga yana bir qadam yaqinlashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Hozir esa ingliz tili va matematika bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun to‘garak mashg‘ulotlari ham olib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

«O‘zingizga ishoning va muntazam harakat qiling.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Har kuni oz bo‘lsa ham oldinga qadam tashlasangiz, albatta maqsadingizga erishasiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Sertifikat muvaffaqiyatning natijasi, uning siri esa mehnat va sabrda», — deydi Xasanova Zilfuzar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 4-maktabning 11-“A” sinf bitiruvchisi Rustamjonov Og‘abek Ulug‘bek o‘g‘li maktabni tamomlash arafasida bir vaqtning o‘zida 4 ta fandan sertifikatni qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠