Qozog‘istondagi maktablarda sun’iy intellekt joriy etilishi bo‘yicha Farmon imzolandi

Qozog‘istondagi maktablarda sun’iy intellekt joriy etilishi bo‘yicha Farmon imzolandi

Qozog‘istonda o‘rta ta’lim tizimiga sun’iy intellekt joriy etilishi bo‘yicha Prezident Farmoni imzolandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unda 2026-yil 1-sentyabrga qadar o‘rta ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish standartlari tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “O‘rta ta’lim tizimiga sun’iy intellektni joriy etish choralari” farmonini imzoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Farmonning asosiy maqsadi — sun’iy intellekt tez rivojlanayotgan sharoitda Qozog‘iston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda zamonaviy, innovatsion ta’lim tizimini inson kapitalining asosiy elementi sifatida shakllantirish uchun sharoit yaratishdan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-iyulgacha hukumat tomonidan 2026–2029-yillarda o‘rta ta’lim tizimiga sun’iy intellektni keng joriy etishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U shaxsiylashtirilgan o‘qitish mexanizmi, raqamli infratuzilma, pedagog kadrlarni tayyorlash va o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni nazarda tutadi”, — deya xabar bergan prezident matbuot xizmati.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Farmonda Li Kai-Fu tavsiyalari amaliyotda qo‘llanilishi, shuningdek, hukumat tomonidan 2026-yil 1-iyungacha o‘rta ta’lim sohasida pilot loyiha amalga oshirish va keyinchalik kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritilishi nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu yangiliklar shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi ta’lim sifati farqini kamaytirishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yil 1-avgustga qadar pilot loyiha doirasida maktablarni texnik jihozlash, shu jumladan barqaror yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yil 1-sentyabrga qadar o‘rta ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish standartlari tasdiqlanishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrgacha doimiy professional rivojlanishni ta’minlovchi va pedagoglarning kasbiy faoliyatiga zarar yetkazmasdan o‘quv jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini samarali qo‘shimcha vosita sifatida ishlatishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hukumatga o‘rta ta’lim tashkilotlarida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ta’lim kontenti davlat umummajburiy ta’lim standartlariga mos bo‘lishini ta’minlash choralari yuklatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Ostona, Olmaota, Chimkent shahar hokimliklari va viloyatlar hokimliklariga: 2026-yil 1-avgustga qadar Kompleks reja bilan muvofiqlashtirilgan hududiy rejalari tasdiqlanishi; pilot loyiha va Kompleks rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va boshqa choralarni ko‘rish; ushbu farmon ijrosini Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ma’muriyatiga nazorat qilish yuklatilgan”, — deya qayd etadi Oqo‘rda matbuot xizmati.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Oqo‘rda matbuot xizmati (Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti qarorgohi) — Qozog‘iston Prezident Administratsiyasining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, davlat rahbari faoliyatini yoritish va rasmiy bayonotlarni chop etish uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Qozog‘istonda Sun’iy intellekt akademiyasi ochilgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠