2026-yil may oyida necha kun dam olinadi?

2026-yil may oyida necha kun dam olinadi?

2026-yil may oyida O‘zbekistonda bir nechta rasmiy sana va diniy bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi.

 

Avvalroq xabar berilganidek, Prezident farmoniga ko‘ra, 9-may — Xotira va qadrlash kuni joriy yilda shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli ushbu dam olish kuni 11-may, dushanba kuniga ko‘chirilgan.

 

Shu munosabat bilan:

— 9-may, shanba — odatiy dam olish kuni;

— 10-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni;

— 11-may, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

 

Natijada, haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 2 kun dam oladi.

 

Bundan tashqari, farmonga muvofiq ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 28-may (payshanba) va 29-may (juma) qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan. 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 30-may (shanba) ham dam olish kuni bo‘ladi.

 

Agar Qurbon hayiti 27-mayga to‘g‘ri kelsa (bayram sanasi bir kunga farq qilishi mumkin), yakshanba kuni bilan birga o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun — 27–31-may kunlari dam olishi mumkin.