2026-yil 9-may “Xotira va qadrlash kuni”da haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 2 kun dam oladi.
2025-yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 11-may – dushanba kuni koʻchirilgan dam olish kuni sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning shanba kuniga toʻgʻri kelmoqda.
Demak, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar shunda ketma-ket 3 kun dam oladi:
9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;
10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun dam oladi:
9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;
10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti muxbiri Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi bilan bog‘landi. Vazirlik sanalarni rasman tasdiqlagani yo‘q ammo aniq sanalar e’lon qilish uchun tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
