10-sinf oʻquvchisi bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi

10-sinf oʻquvchisi bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ergashev Sardorbek Sobit o‘g‘li bir necha fandan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.

 

U 4 ta fan bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritib, 188,5 ball bilan muddatidan avval talaba bo‘ldi.

 

Natijalar:

 

O‘zbek tili va adabiyoti – 60.64 ball (B+)

 

Tarix – 64.45 ball (B+)

 

Matematika — 63.42 ball (B+)

 

Ingliz tili – CEFR B2:

— Tinglab tushinish (Listening) – 64

— O‘qish (Reading) – 65

— Yozish (Writing) – 59

— Gapirish (Speaking) – 57

 

Avvalroq, Sirdaryo viloyati Xovos tumani 17-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi O‘rolova Laylo bir necha fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik. 

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.