Sirdaryolik oʻquvchi bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi

Sirdaryolik oʻquvchi bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 17-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi O‘rolova Laylo bir necha fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

 

Natijalar:

 

O‘zbek tili va adabiyoti – 66.69 ball (A)

 

Tarix – 54.59 ball (C+)

 

Ingliz tili – CEFR B2

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.