Qo‘qonlik talaba qiz stressga qarshi sprey ishlab chiqdi

Qo‘qonlik talaba qiz stressga qarshi sprey ishlab chiqdi

Qo‘qonlik talaba qiz stressga qarshi sprey loyihasini yaratdi.

 

 

“Barcha spreylar faqatgina havo iforini xushbo‘y qilishga qaratilgan bo‘lsa, aynan mening loyihamda hozir barchada keng tarqalgan, lekin hamma yengil qarayotgan muammo – stressni kamaytirishga qaratilgan” – deydi talaba.

 

 

Talabaning so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqishda tabiiy lavanda moyi iforidan foydalanilgan. Keyinchalik mango-marakuya moyidan ham tayyorlash rejalashtirilgan.  Sprey havoga sepiladi, inson organizmi uchun zararsiz. Uni havoni namlantiruvchi elektron qurilmalarda ham qo‘llash mumkin.

 

 

Hozirda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida.