Joriy yilda o’qishga topshirayotganlar tanlagan yo’nalish hamda universitetlarini 8-avgustgacha quyidagi tartibda o’zgartirishlari mumkin.
Birinchidan – sizni my.uzbmb.uz platformasidagi o’z sahifangizda kirishingiz kerak. Undan keyin birinchi oynadagi «Oliy ta’lim muassasalariga qabul 2025-2026-o’quv yili uchun) – Xizmatdan foydalanish» degan yozuv ustiga bosishingiz kerak.
Undan keyin sizda 5 ta oliygohni tanlash uchun yangi oyna paydo bo’ladi. Bu yerdagi birinchi bandda sizda qaytadan «Tanlov uchun ustuvorlik» va «Maqsadli talovlarga rozilik» bandlarini belgilashingiz kerak.
Har bir bandni belgilagan vaqtingiz sizga ushbu bandning mazmuni haqida ma’lumotnoma chiqadi. Ushbu oynada siz berilgan ma’lumot bilan tanishib chiqqandan so’ng «Tasdiqlash» tugmasini bosishingiz kerak. Undan so’ng sizda universitetlarni tanlash uchun oyna chiqadi. Ushbu oynada siz ta’lim shakli, universitet va yo’nalishingizni tanlashingiz mumkin. Tanlovni esa belgilamoqchi bo’lgan ma’lumotingiz uchun ajratilgan qatorni ustiga bosib chiqqan tanlovlardan birini belgilashingiz mumkin.
Beshta tanlovni tanlab bo’lganingizdan so’ng sizda quyidagi oyna chiqadi. Siz bu oynada kiritgan ma’lumotlaringiz tekshirib, «Saqlash» tugmasini bosasiz.
Undan keyin sizga SMS xabarnoma orqali kod keladi va uni kiritishingiz kerak bo’ladi. Kodni kiritganingizdan keyin sahifangizda quyidagicha oyna hosil bo’ladi.
Bu yerda siz barcha tanlovlaringiz tekshirib olishingiz mumkin.
Agarda siz yana tanlovlaringiz yoki yo’nalish, ta’lim shakllaridan birini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz xuddi shu tartibda qaytadan 5 ta oliygohni va yo’nalishlarni tanlab amalga oshirishingiz kerak bo’ladi.






