O‘zbekiston aholisi farzandlariga maktabga qatnashlari uchun ajratiladigan cho‘ntak puli miqdori haqida fikr bildirdi. Onlayn so‘rovlar va suhbatlar davomida ota-onalar bolalariga ajratadigan pullar haqida ma’lumot berishdi.
Aniqlanishicha, bu mablag‘larning miqdori bola yoshi, oilaning moddiy ahvoli, maktabning joylashuvi va o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari kabi bir qancha omillarga bog‘liq.
Ba’zi ota-onalar bolalarga faqatgina maktab oshxonasida bulochka yoki ichimlik olish uchun yetarli miqdorda pul berishlarini aytgan bo‘lsa, boshqalar esa yo‘l haqi kabi qo‘shimcha xarajatlarni inobatga olgan holda kattaroq summalarni ajratishadi. Shuningdek, ayrim oilalar bolalarga naqd pul bermaslik tarafdori ekanliklarini bildirishgan.
Bolalarining xarajatlarini maktab ovqatiga to‘lov qilish yoki kerakli narsalarni o‘zlari xarid qilish orqali nazorat qilishadi:
«Har xil narsa olib yeyishadi deb pul bermayman. Sendvich olib borishadi yoki ertalab yaxshi nonushta qilishadi, tushlikka yetadi»;
«Farzandimga 14 yoshda, oyiga 50 ming so‘m beraman, bo‘ldi»;
«Mening farzandim 16 yoshda, 10-sinfda o‘qiydi. Pul bermayman, chunki maktabdan keyin ishga boradi. Kuniga 1 million so‘mgacha topadi, qancha sarflayotganini bilmayman»;
«6 kunlik maktab uchun 250 ming so‘m»;
«Haftada bir marta gazaklar olinadi, suv uydan olib chiqiladi»;
«15 yosh. Haftasiga 120 ming so‘m»;
«Kuniga 10 ming so‘m»;
«10,5 yosh. Oyiga 400 ming so‘m. Yetmayapti, maktabga piyoda boradi»;
«11 yosh, kuniga 10 ming so‘m sarflaydi»;
«11, 13 va 15 yosh – har biriga haftasiga 100 ming so‘mdan»;
«110-maktab. 14 yosh. Kuniga 50 ming so‘m»;
«Kuniga 15 ming so‘mdan»;
«Uch nafar farzandim bor, har biriga kuniga 5 ming so‘mdan»;
«O‘rtacha kuniga 15–20 ming so‘m»;
«11-sinf, 50 ming so‘m»;
«Kattalari 17 va 14 yoshda – har kuni 30 ming so‘mdan, 8 yoshli o‘g‘limga esa 10 ming so‘mdan»;
«8-sinf, 15 ming so‘m»;
«Haftasiga 120 ming so‘m ketadi. Farzandim 15 yoshda»;
«Kuniga 50 ming so‘m yo‘l uchun, 20 ming so‘m ovqat uchun»;
«Kuniga 40 ming so‘m, 16 yosh»;
«Haftasiga 500 ming so‘m».
Olingan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun ajratiladigan cho‘ntak pullari bo‘yicha yagona standart mavjud emas. Pul miqdori bir necha ming so‘mdan tortib, kuniga yoki haftasiga o‘n minglab so‘mgacha farqlanadi.
Bu esa oilalarning moliyaviy imkoniyatlari hamda bolalarga pul berish zarurati borasidagi qarashlariga bog‘liq. Shuningdek, ko‘plab ota-onalarning fikricha, ularning farzandlari katta miqdorda cho‘ntak puliga ehtiyoj sezmaydi va asosan mablag‘ni tejashga harakat qilishadi.
