Vazir ustamasi uchun oʻtkazilgan imtihonda necha nafar pedagog ikkinchi bosqicha oʻtgan?

Vazir ustamasi uchun oʻtkazilgan imtihonda necha nafar pedagog ikkinchi bosqicha oʻtgan?

25-fevral kuni respublikaning barcha hududlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazildi.

 

 

Unda 27 ta fan yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari sinovlarda qatnashgan.

 

 

Dastlabki umumiy natijalarga koʻra:

 

100 ball olganlar — 17 nafarni;

90-97,5 ball olganlar — 251 nafarni;

80-87,5 ball olganlar — 720 nafarni tashkil etadi.

 

 

Birinchi bosqich imtihoniga kirgan pedagoglardan 988 nafarni  (80 va undan yuqori ball olgan) tashkil etadi.