2030-yilgacha O‘zbekistonning 10 ta universiteti TOP-1000 taligiga kirishi kerak

2030-yilgacha O‘zbekistonning 10 ta universiteti TOP-1000 taligiga kirishi kerak

Hozirda mamlakatimizning faqat ikkita oliygohi QS xalqaro reytingining TOP-1000 ro‘yxatidan joy olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi dastur orqali 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 10 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Jarayon.uz xabar berishicha, Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF-242-son farmoni bilan “U 10 — O‘zbekistonning global ilg‘or universitetlari” dasturini amalga oshirish belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har yili noyabr oyida yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirayotgan va salohiyati yuqori universitetlar tanlov asosida dasturga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2027–2030-yillarda “Ilmiy klaster” loyihasi g‘oliblariga xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xalqaro reyting tashkilotlari bilan ham muzokaralar o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirgi natijalar qanday?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

QS World University Rankings 2027 reytingida O‘zbekistondan oltita oliygoh o‘rin olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning faqat ikkitasi TOP-1000 taligiga kirgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 458-o‘rin;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti — 801–850-o‘rin.
  • Qolgan universitetlar quyidagi o‘rinlarni egallagan:
  • Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200;
  • Samarqand davlat universiteti — 1001–1200;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1201–1400;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlash joiz, 2026-yilgi reytingda O‘zbekistondan uchta universitet TOP-1000 taligiga kirgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Toshkent davlat texnika universiteti o‘tgan yili 901–950-o‘rinlarda qayd etilgan bo‘lsa, bu yil 1001–1200-o‘rinlarga tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

“U 10” dasturini amalga oshirish uchun Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi mas’ul etib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Jarayon.uz qayd etishicha, 10 ta universitetni 2030-yilgacha xalqaro reytinglarning TOP-1000 taligiga kiritish maqsadi 2019-yilda tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham belgilangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, O‘zbekistonning 38 ta oliygohi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy olgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠