Bugun, 20-noyabr kuni ingliz, fransuz, nemis, xitoy, yapon va koreys tili fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Unda bir qator pedagoglar yuqori natijalarni qayd etdi.
Xabaringiz bor, mazkur fan o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari 18–20-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Quyida 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sinovlarda yuqori ball to‘plagan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishing:
- Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani 5-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Muattarxon Xakimova — 90 ball;
- Fargʻona viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning Fargʻona filiali ingliz tili fani oʻqituvchisi Xumoyun Nosirov — 98 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 20-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Nargiza Saʼdullayeva — 92 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 3-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Maftuna Sanoqulova — 92 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 39-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Zulayxo Nuriddinova — 88 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 2-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Sayyora Zoyirova — 88 ball;
- Navoiy viloyati Xatirchi tumani 4-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Shaxnoza Xojiyeva — 86 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 8-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Munisa Davronova — 86 ball;
- Navoiy viloyati Karmana tumani 5-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Gulnoza Toshniyozova — 86 ball;
- Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 15-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Asila Gʻafforova — 86 ball;
- Buxoro viloyati Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialining koreys tili fani oʻqituvchisi Umida Nazarova — 96 ball;
- Buxoro viloyati 43-umumtaʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi Gulizebo Ibrohimova — 92 ball;
- Namangan viloyati Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Eʼzoza Ergasheva — 98 ball;
- Namangan viloyati Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Anora Ismailova — 98 ball;
- Namangan viloyati Norin tumanidagi 17–umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Qimmatxon Abdullayeva — 90 ball.
Eslatib o‘tamiz, 18–19-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur fanlar bo‘yicha attestatsiya sinovlari texnik sabablarga ko‘ra boshqa muddatga ko‘chirilgan. Yangilangan jadvalga ko‘ra, 18-noyabrga belgilangan sinovlar 2-dekabr, 19-noyabrdagi sinovlar esa 3-dekabr kuni o‘tkaziladi.
Attestatsiya sinovlariga jalb qilingan pedagoglar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari kerak.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan toʻldirib boriladi.
