Geografiya, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali ko‘rishlari mumkin.
2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.
Mazkur fanlardan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari navbatma-navbat e’lon qilina boshlandi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur imtihonlar talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan.
Umumiy hisobda imtihonlarda 136 600 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan. Shundan 48 nafari imtihonlarda belgilangan tartib-qoidalarni buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan.
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyatini berishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari ularni qabul qilish jarayoni to‘liq yakunlangandan so‘ng ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
