Endi IIV Akademiyasiga ayrim nomzodlar yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi

Endi IIV Akademiyasiga ayrim nomzodlar yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat bosqichiga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi nomzodlar belgilangan yillik kvota doirasida yakuniy suhbat bosqichidan ozod etiladi.

 

Vazirlar mahkamasining ‘‘O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida’’gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq quyidagi toifadagi nomzodlar yakuniy suhbatsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi:

 

– IIV tizimida muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan shaxslar;
– respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan nomzodlar;
– Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda IIVga ajratilgan kvota doirasida belgilangan tartibda saralab olingan harbiy xizmatchilar.

 

Mazkur imtiyoz IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga qabul jarayonida qo‘llaniladi.

 

Ushbu toifadagi nomzodlar barcha saralash bosqichlaridan ozod etilmaydi. Ular dastlabki tanlov va maxsus kasbiy tanlov natijalariga ko‘ra talabalikka qabul qilinadi.

 

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga yangi o‘quv yili uchun qabul boshlanib,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠ o’qishga kirish istagidagi nomzodlar 2027-yil 15-fevralga qadar yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlariga ariza topshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌