O‘zbekistonda ta’lim tashkilotlari, jumladan, maktab oshxonalarini ijaraga berish elektron tanlov asosida amalga oshiriladi.
Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-son qarorida belgilangan.
Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining oshxonalari “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkaziladigan elektron tanlov orqali ijaraga beriladi. Oshxonalar ijaraga beruvchining buyurtmasi asosida tanlovga chiqariladi.
Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Tanlov g‘olibi deb topilgan ijarachiga oshxonadan foydalanish huquqi beriladi hamda u bilan tegishli o‘quv yili uchun ijara shartnomasi tuziladi.
Avvalroq, maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlarni sotish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.
