Bugun 3 ta fandan milliy sertifikat natijalari e’lon qilinib, ertaga yana ro‘yxatga olish boshlanadi

Bugun 3 ta fandan milliy sertifikat natijalari e’lon qilinib, ertaga yana ro‘yxatga olish boshlanadi

Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining oktabr oyidagi natijalari bugun, 20-noyabr kuni e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonlarda qatnashish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish esa ertaga, 21-noyabrda boshlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 2026-yil 23–26 va 31-oktyabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bilimni baholash agentligi mazkur imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kutilgan bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularni ertaroq e’lon qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, oktyabr oyida o‘tkazilgan imtihonlar natijalari bugun kun yakuniga qadar my.gov.uz sayti orqali e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagidagi talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrgacha my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ To‘lovlarni esa 5-dekabrga qadar amalga oshirish lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, agentlik navbatdagi imtihonlar uchun ro‘yxatga olishda talabgorlar soniga cheklov qo‘yilmasligini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Imtihonlarning aniq sanalari ro‘yxatga olish yakunlangach, talabgorlar soni va ularning hududlar bo‘yicha taqsimotidan kelib chiqib belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon sanalari ularning boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠