Bugun Toshkentdagi talabalar uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi

Bugun Toshkentdagi talabalar uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi

Bugun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun apellyatsiya jarayoni soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Xabaringiz bor, 2026-yil 10-oktyabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida jami 1 460 nafar talabgor ishtirok etgan. Sinovlar axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillar fanlaridan tashkil etilgan.

 

Shuningdek, tartib bo‘yicha sinov natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalari qabul qilingan.

 

Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tahsil olayotgan talabalar 2026-yil 4-noyabr kuni soat 14:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosiga yetib kelishlari lozim.

 

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy (Bodomzor metro bekati yonida).

 

ТашкентУлица Богишамол, 12 на карте Ташкента, ближайшее метро Бадамзар — Яндекс Карты

 

 

Talabgorlar yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bo‘lishi shart.

 

Boshqa hududlarda tahsil olayotgan talabgorlar uchun apellyatsiya jarayonlarini o‘tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumot Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi talabgorlarning apellyatsiya jarayonlari yakunlanganidan so‘ng shaxsiy kabinetlariga qo‘shimcha ravishda yuboriladi.