Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

Dunyodagi eng boy insonlardan biri — Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘zining kimsasiz orolga olib ketishni istaydigan 10 ta kitobini sanab o‘tgan. Ro‘yxatda ilmiy-fantastik romanlardan tortib, matematik tafakkur, biznes, energetika va insoniyat tarixiga oid asarlargacha bor.

 

Bir vaqtlar Bill Geytsdan kimsasiz orolga qanday kitoblarni olib ketishi haqida so‘rashgan. Milliarder bunga javoban o‘zining sevimli asarlari haqida batafsil gapirib bergan. Ro‘yxatga badiiy asarlar bilan bir qatorda ilmiy-ommabop kitoblar ham kiritilgan.

 

Geytsning “One Grand Books” nashriga bergan ushbu intervyusiga 2026-yilda o‘n yil to‘lgan bo‘lsa-da, u tavsiya qilgan kitoblar ro‘yxati hanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

 

«Семиевие», Nil Stivenson

 

Ro‘yxatni Nil Stivensonning «Семиевие» ilmiy-fantastik romani bilan boshlaymiz. Asar Bill Geytsning e’tirofiga sazovor bo‘lishidan tashqari, ko‘plab adabiyot tanqidchilari tomonidan ham yuqori baholangan va muallifiga katta shuhrat keltirgan.

 

Roman voqealari kelajakda kechadi. Insoniyat global halokat yoqasida qoladi va odamzodni saqlab qolishning yagona yo‘li sifatida bir necha ming kishini kosmosga yuborish rejalashtiriladi. Ular omon qolib, 5 ming yil o‘tgach Yerga qaytishi va sayyorani qayta o‘zlashtirishga harakat qilishi kerak.

 

Insoniyatning Yerda hayot tugashiga bo‘lgan munosabati haqida hikoya qiluvchi mazkur roman, mening ilmiy fantastikaga bo‘lgan muhabbatimni qayta uyg‘otdi, — degan Geyts kitob haqida.

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Buyuk Getsbi”, Frensis Skott Fitzjerald

 

Geytsning ro‘yxatidagi ikkinchi va yagona boshqa badiiy asar — Frensis Skott Fitzjeraldning “Buyuk Getsbi” romani.

 

Tadbirkor ushbu kitobni ko‘p marta qayta o‘qiganini aytgan. Hatto uning uyidagi devorlardan birida romandan olingan mashhur iqtibos ham yozilgan.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Buyuk Getsbi” Fitzjeraldga jahon miqyosida shuhrat keltirgan. Roman jahon adabiyotining eng mashhur asarlari qatoridan joy olgan va bir necha bor ekranlashtirilgan. Eng mashhur ekranizatsiyalardan birida Leonardo Di Kaprio va Tobi Maguayr bosh rollarni ijro etgan.

 

“Qanday xato qilmaslik kerak. Matematik tafakkurning kuchi”, Jordan Ellenberg

 

Matn esda qolarli, sokin va tushunarli uslubda yozilgan — bu mavzudagi kitobdan kutish mumkin bo‘lganidan butunlay boshqacha. Ellenbergning asosiy fikri shundan iboratki, biz hammamiz doimiy ravishda matematika bilan shug‘ullanamiz, — deya izohlagan Bill Geyts.

 

Olim kitobda inson hayotining turli jabhalarini matematik nuqtayi nazardan tahlil qiladi. U matematikaning nafaqat hisob-kitob va aniq fanlarda, balki siyosat, tibbiyot va hatto ilohiyotda ham qo‘llanilishini ko‘rsatadi.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi”, Yuval Noy Harari

 

Yuval Noy Hararining “Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi” asari Homo sapiensning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida hikoya qiladi. Muallif o‘quvchini inson evolyutsiyasi va dastlabki jamiyatlardan tortib, davlatlar va dinlarning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan muhim tarixiy bosqichlar orqali olib o‘tadi.

 

Harari, shuningdek, zamonaviy hayot va sun’iy intellekt, gen muhandisligi kabi texnologiyalar kelajakda insoniyatni qanday o‘zgartirishi haqida fikr yuritadi.

 

Kitob xalqaro bestsellerga aylangan va “The New York Times” bestsellerlari ro‘yxatidan joy olgan. Bill Geytsning aytishicha, ushbu kitob uning oilasida bir necha bor qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Raqobat kuchi”, Reyti Mikitani va Xiroshi Mikitani

 

Yapon iqtisodchisi Reyti Mikitani ushbu kitobda o‘g‘li, Rakuten kompaniyasi asoschisi Xiroshi Mikitani bilan suhbatlashadi. Ular Yaponiyaning uzoq davom etgan iqtisodiy inqirozga qanday tushib qolgani haqida fikr yuritadilar.

 

Mualliflar “moliyaviy pufak”ning yuzaga kelish sabablari, bir vaqtlar muvaffaqiyatli bo‘lgan Yaponiya nima uchun o‘z o‘rnini boshqa mamlakatlarga bo‘shatib bergani va mamlakat Xitoy hamda Janubiy Koreya bilan raqobatda qanday qilib o‘z mavqeini tiklashi mumkinligini tahlil qiladi.

 

Geyts Mikitanilarning barcha fikrlariga ham qo‘shilmaganini aytgan. Shunga qaramay, u “Raqobat kuchi”ni “ajoyib mamlakat kelajagiga nihoyatda aqlli nazar” deb baholagan.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Hayot masalasi. Energiya, evolyutsiya va murakkablikning kelib chiqishi”, Nik Leyn

 

Britaniyalik biokimyogar Nik Leyn ushbu asarida Yerning rivojlanishi davomida sodir bo‘lgan global jarayonlarni tushunarli tarzda izohlaydi. Uning fikricha, evolyutsiya va hayotning paydo bo‘lishi kabi jarayonlar mavjud energiya miqdori bilan chambarchas bog‘liq.

 

Ko‘proq odamlar bu olimning ishlaridan xabardor bo‘lishini istardim. U energiyaning Yerdagi hayot evolyutsiyasida, ehtimol, boshqa joylarda ham qanchalik muhim rol o‘ynashini tushuntirishga harakat qiladi. U ayrim tafsilotlarda xato qilgan bo‘lsa ham, uning g‘oyalari bizning qayerdan kelganimiz va qayerga qarab ketayotganimizni tushunishimizga muhim hissa qo‘shadi, deb o‘ylayman, — degan Microsoft asoschisi.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Biznes sarguzashtlari: Uoll-strit olamidan 12 ta klassik hikoya”, Jon Bruks

 

Ushbu kitobni Bill Geytsga undan kam mashhur bo‘lmagan milliarder Uorren Baffet tavsiya qilgan.

 

Jon Bruks kitobda XX asrdagi Nyu-Yorkning moliyaviy hayoti haqida qiziqarli tarzda hikoya qiladi. Muallif fond birjasidagi muhim voqealardan tashqari, biznesdagi yirik yutuqlar va qiziqarli holatlarni ham tahlil qiladi.

 

Bu g‘oyalar barcha davrlar uchun dolzarb va buyuk kompaniyani boshqarish qoidalari o‘zgarmasligini eslatib turadi. Men bu kitobni yigirma yildan ko‘proq vaqt oldin o‘qiganman va u hanuzgacha biznes haqidagi eng sevimli kitobim bo‘lib qolmoqda, — degan Geyts.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Sevgi va mantiq bilan tarbiyalash”, Foster Klayn va Jim Fey

 

Bolalarni tarbiyalashga bag‘ishlangan qo‘llanma milliarderning sevimli kitoblari ro‘yxatidan joy olishi kutilmagan tanlovdek ko‘rinishi mumkin. Biroq Geyts ushbu kitob unga katta ta’sir ko‘rsatganini aytgan.

 

Uch farzandning otasi bo‘lgan Bill Geyts kitobdan ko‘plab foydali bilimlar olgani va ota-ona bilan farzand o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilishni o‘rganganini ta’kidlagan.

 

Psixologiya professori Klayn va tajribali pedagog Fey bolalarni ikki asosiy tamoyil — sevgi va mantiqqa asoslangan holda tarbiyalash haqida fikr yuritadi. Mualliflar ota-onalarni empatiyaga, o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunishga va farzandlarida ijobiy fazilatlarni shakllantirishga chaqiradi.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Barqaror energetika”, Devid Jey Key Makkey

 

Devid Jey Key Makkey ushbu kitobida barqaror energiya manbalariga o‘tish masalasini ko‘rib chiqadi. Geyts uni bu mavzudagi eng tushunarli va ko‘rgazmali qo‘llanmalardan biri deb atagan.

 

Makkey Buyuk Britaniya energetika tizimi misolida texnologiyalar qanday ishlashi va dunyoda an’anaviy issiqlik energiyasiga qanday muqobil manbalar mavjudligi haqida fikr yuritadi.

 

Asar nafaqat energetika mavzusiga qiziqadiganlar yoki tadbirkorlar, balki dunyoqarashini kengaytirishni istaganlar uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

“Tabiatimizning eng yaxshi farishtalari”, Stiven Pinker

 

Bill Geyts ushbu kitob unga boshqa ko‘plab asarlarga qaraganda kuchliroq ta’sir ko‘rsatganini aytgan. Amerikalik psixolog Stiven Pinker unda insoniyat tarixidagi zo‘ravonlik va uning turli ko‘rinishlarini tadqiq qiladi.

 

Dunyodagi jinoyatchilik va unga bo‘lgan munosabatni o‘rgangan muallif zo‘ravonlik darajasi uzoq tarixiy davr mobaynida pasayib borgan degan xulosaga keladi. Biroq insonning voqelikni qabul qilishi ko‘pincha buning aksini ko‘rsatadi: yomon yangiliklarning doimiy oqimi bizni go‘yoki tarixdagi eng og‘ir davrlardan birida yashayotganimizga ishontiradi.

 

Bill Geyts o‘qishdan charchamaydigan va hatto kimsasiz orolga ham olib ketishga tayyor bo‘lgan 10 ta kitob ro‘yxati

 

Pinker bu paradoksni axborotning tobora ommalashib, odamlar uchun ochiq bo‘lib borayotgani bilan izohlaydi. Shuningdek, u insonlar tabiatan shafqatsiz degan keng tarqalgan qarashni ham tahlil qiladi.

 

Avvalroq, kitob o‘qish va muzeyga borish biologik qarishni sekinlashtirishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot haqida ma’lumot berilgandi.