Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabaringiz bor, ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunga Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Safar davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Davlat rahbarining 2024-yil 24-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, hududdagi tibbiyot muassasalarini xususiy sektor ishtirokida ilm-fan, taʼlim va amaliyotni birlashtirgan yagona innovatsion klasterga aylantirish belgilangan.

 

Ana shu maqsadda 4,6 gektar maydonda umumiy qiymati 154 milliard soʻm boʻlgan zamonaviy majmua barpo etilib, 80 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

 

Ta’kidlanishicha, akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malakasini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, har yili Orolboʻyi mintaqasidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi.

 

Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun 18 ta simulyatsion xona tashkil etilgan. Ularda 50 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha raqamli va simulyatsion taʼlim yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mutaxassislarni 100 dan ziyod tibbiy amaliyot boʻyicha xalqaro standartlar asosida tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, muassasa zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Edge Medical” jarrohlik roboti oʻrnatilgan. U simulyatsion oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish bilan birga real klinik sharoitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

 

Bundan tashqari, akademiya nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari va yetakchi universitetlar, jumladan, AQShning Pittsburg hamda Germaniyaning Frayburg universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro oʻquv kurslari va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar tashkil etilib, telemeditsina va raqamli taʼlim texnologiyalari joriy qilingan.

 

Davlat rahbari akademiyaning amaliy mashgʻulot xonalarini koʻzdan kechirib, talabalar va soha xodimlari bilan muloqot qildi.