O‘quvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn amalga oshiriladi

O‘quvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn amalga oshiriladi

18 yoshga to‘lmagan o‘quvchini xorijga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish bo‘yicha arizani endi my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali onlayn topshirish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, ariza uchun qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

 

Endilikda o‘quvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish bo‘yicha arizani elektron shaklda topshirish mumkin. Mazkur xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilingan.

 

Bunda 18 yoshga to‘lmagan o‘quvchining ota-onasi yoki vasiysi ariza berishi mumkin.

 

Xizmat umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari, ya’ni maktab, litsey, kollej va texnikum o‘quvchilariga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Ariza topshirishda hech qanday qo‘shimcha hujjat talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik ravishda olinadi. Shuningdek, xizmatdan foydalanish bepul.

 

Yuborilgan ariza esa bolalar masalalari bo‘yicha tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Qabul qilingan qaror ta’lim tashkilotiga kelib tushganidan so‘ng, o‘quvchi 1 ish kuni ichida elektron tizimdagi o‘quvchilar safidan chiqariladi.

 

Ariza topshirish uchun:

 

 

Arizaning ko‘rib chiqilish jarayoni va natijasini shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan boshlab maktablarga oid ayrim davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklda ko‘rsatilayotganligi haqida xabar bergan edik.