Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida yangi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, narxlar oʻtgan yilga nisbatan 46 foizga oshirilgan.

 

2026-2027 oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar qildi.

 

Unga koʻra, bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida yillik kontrakt 22 mln 496,7 ming soʻm etib belgilangan. Oʻtgan oʻquv yilida bu summa 16 mln 695 ming soʻm boʻlgan. Natijada kontrakt qariyb 35 foizga oshgan.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshirildi

 

Sirtqi taʼlimda kontrakt 21 mln 352,8 ming soʻmga, masofaviy taʼlimda esa 20 mln 208,9 ming soʻmga yetdi. Bu mos ravishda 43,6 va 45,8 foizga oshganini koʻrsatadi.

 

Magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida kontrakt 24 mln 403,2 ming soʻm etib belgilanib, oʻtgan yilga nisbatan 31,3 foizga oshgan.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshirildi

 

Shuningdek, 2026-2027-oʻquv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga koʻra, toʻplagan ballari 56,7 balldan yuqori boʻlgan va qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining miqdorlari ham tasdiqlandi.

 

Unga koʻra, bakalavriat taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt narxlari 269 960 400 soʻm etib belgilangan.

 

Xuddi shunday, magistratura bosqichining kunduzgi taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan kontrakt 122 016 000 soʻm va kechki taʼlim shakli uchun esa 97 612 800 soʻm etib belgilangan.

 

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshirildi

Avvalroq, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham joriy oʻquv yilida kontrakt narxlarini oshirish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.