Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha 2026-yilgi o‘tish ballari

Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti bo‘yicha 2026-yilgi o‘tish ballari

2026-yilda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasi doirasida o‘tish ballari 68 balldan 167 ballgacha bo‘lgan. Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyada, eng yuqori ko‘rsatkich esa Ichki ishlar vazirligida qayd etilgan.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti kvotasi bo‘yicha tashkilotlar kesimidagi o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi.

 

Tashkilotlar bo‘yicha ajratilgan kvota va o‘tish ballari quyidagicha:

 

Tashkilot nomi Ajratilgan kvota soni O‘tish bali
1 Milliy gvardiya 731 68
2 Elektron texnologiyalar markazi 37 98,8
3 Favqulodda vaziyatlar vazirligi 238 105,9
4 Mudofaa vazirligi 813 109,6
5 Davlat xavfsizlik xizmati 570 117,9
6 Harbiy prokuratura 9 121,8
7 Prezident davlat xavfsizlik xizmati 37 149,9
8 Ichki ishlar vazirligi 124 167

 

Jadvaldan ko‘rinishicha, eng past o‘tish bali Milliy gvardiya bo‘yicha — 68 ballni tashkil etgan. Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida — 167 ball bo‘lgan.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlarining farzandlari uchun mazkur kvotadan tashqari yana 1 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi ajratilgani qayd etilgandi.

 

Bu borada huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, ushbu kvota bo‘yicha o‘tish bali 78,6 ballni tashkil etgan. 78,6 balldan yuqori natija qayd etgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishiga 4 yil muddatga grant asosida qabul qilingan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish