Endi dekret va kasallik nafaqalari yangi tartib asosida tayinlanadi

Endi dekret va kasallik nafaqalari yangi tartib asosida tayinlanadi

Oʻzbekistonda homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi. Yangi tartib bilan sugʻurta stajini hisoblash boʻyicha ayrim talablar yengillashtirilib, qoʻshimcha 3 mingga yaqin ayolga dekret nafaqasini olish imkoniyati yaratiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Unga koʻra, 6 oylik uzluksiz sugʻurta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi toʻlanmagan oylar, jumladan, oʻz hisobidan olingan taʼtil hamda kasallik davri sugʻurta stajining uzilishiga sabab boʻlmaydi.

 

Shuningdek, kam maosh oluvchi va toʻliq boʻlmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sugʻurta staji hisoblanadi. Bunda oylik ish haqi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari va undan koʻp boʻlsa, bir oy, bir baravardan kam boʻlsa, yarim oy sugʻurta staji sifatida hisobga olinadi.

 

Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda dekret taʼtili uzaytirilsa, qoʻshimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob koʻrsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini olishga qaratilgan.

 

Yangi tartib natijasida qoʻshimcha 3 mingga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo boʻladi. Mazkur oʻzgarishlar 2026-yil 13-maydan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga ham tatbiq etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq maktab xodimlariga moddiy yordam: “ogʻir kasallik” tushunchasiga aniqlik kiritilganligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish