Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi

Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlash istagida bo‘lgan pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Nomzodlar o‘zlariga mos vakansiyani tanlab, platforma orqali onlayn ariza yuborishi mumkin.

 

Avvalroq xabar berilganidek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar uchun pedagog.uzedu.uz platformasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” bo‘limi ochilgandi. Ariza yuborish istagidagi talabgorlar shaxsiy kabineti orqali respublika bo‘ylab davlat bog‘chalari hamda umumta’lim maktablarida mavjud ochiq vakansiyalarni ko‘rishi mumkin.

 

Hozirda Pedagog platformasida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimiga oid 700 dan ortiq vakansiya mavjud. Ish izlayotgan pedagoglar platformada o‘zlariga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishi mumkin.

 

Tanlangan vakansiya bo‘yicha nomzodlar platforma orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

 

Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish