Pedagog platformasida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushirildi

Pedagog platformasida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushirildi

Pedagog platformasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablaridagi mavjud vakansiyalarni ko‘rish hamda ularga onlayn ariza topshirish imkonini beruvchi ‘‘Bo‘sh ish o‘rinlari’’ bo‘limi ishga tushirildi.

 

Endilikda pedagog.uzedu.uz pedagoglar platformadagi shaxsiy kabineti orqali respublika bo‘ylab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablarida mavjud ochiq vakansiyalar bilan tanishishi mumkin.

 

Yangi bo‘lim orqali foydalanuvchilar o‘ziga mos fan va hudud bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarini qidirish hamda tanlangan vakansiyaga onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Mazkur yangi xizmat pedagoglarning ish qidirish jarayonini soddalashtirish, vaqtini tejash hamda ishga qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi boʻsh ish oʻrinlari uchun ham hujjatlar qabuli vacancy.piima.uz platformasi orqali davom etmoqda.