Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasasi direktor va uning oʻrinbosari mutaxassisni ishga olish uchun undan pora talab qilgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar qilishicha, Nukus shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasi direktori K.R. fuqaro G.R.ni “logoped” vazifasiga ishga qabul qilish uchun pora talab qilgan.
Departamentning Qonlikoʻl tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida direktor oʻrinbosari R.K direktor K.R ning topshirigʻi bilan fuqaro G.R dan 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
