Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida doktorantura va tayanch doktorantura uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Arizalar 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 70-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlar qabuli 2026-yil 15-oktabrgacha davom etadi.
Talabgorlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha hujjat topshirishlari mumkin:
07.00.09 — Davlat siyosati va boshqaruvi tarixi
08.00.19 — Davlat boshqaruvining iqtisodiy asoslari
12.00.17 — Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari
22.00.05 — Davlat siyosati va boshqaruvi sotsiologiyasi
23.00.06 — Davlat siyosati va boshqaruvi asoslari
Hujjatlar daraja.ilmiy.uz elektron tizimi orqali onlayn qabul qilinadi.
PhD uchun tayanch doktoranturaga topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar magistr darajasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom, dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi, OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola va ilmiy-amaliy konferensiya/seminar toʻplamlarida 3 ta tezis hamda milliy yoki xalqaro B2 darajadagi xorijiy til sertifikati talab etiladi.
DSc uchun doktoranturaga hujjat topshirayotganlardan esa:
– fan nomzodi yoki PhD yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy daraja;
– dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi;
– OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda 5 ta maqola va ilmiy-amaliy konferensiya/seminar toʻplamlarida 5 ta tezis;
– milliy yoki xalqaro B2 darajadagi xorijiy til sertifikati talab etiladi.
Tanlov ikki bosqichda, 100 balli baholash tizimi asosida oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fanlaridan imtihon boʻlib oʻtadi. Imtihon yozma, ogʻzaki yoki test shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda esa dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi taqdimoti qilinadi. Dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi qabul komissiyasi tomonidan 100 balli tizimda baholanadi.
